| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 525 marta oʻqildi

Oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtayotgan OTMlar roʻyxati tasdiqlandi

«Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida» Hukumat qarori (967-son, 03.12.2019 y.) qabul qilindi.

Oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtayotgan OTMlar roʻyxati tasdiqlandi

«Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida» Hukumat qarori (967-son, 03.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan 10 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlandi.

Bunda ushbu OTMlarning ilmiy pedagogik salohiyati yuqoriligi, moliyaviy faoliyatining barqarorligi, moddiy-texnika bazasi yetarli darajadaligi, taʼlim xizmatlari bozorida mazkur mutaxassisliklarga talab yuqoriligi inobatga olindi.

Shuningdek, oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan OTMlarga bir qator qoʻshimcha vazifalar belgilandi.

Qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlarni joriy etish shular jumlasidandir.

Qarorga koʻra, oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan OTMda toʻlov-kontrakti asosida taʼlim olayotgan talabalarning kontrakt toʻlash muddatlari tomonlar kelishuviga koʻra shartnoma asosida belgilanadi.

Maʼlumot uchun: Prezidentning 2019 yil 11 iyuldagi qarori bilan 2020 yildan boshlab ayrim OTMlar bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtishi belgilangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ