| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 007 marta oʻqildi

Moliyaviy texnologiyalar va transchegaraviy pul oʻtkazmalari

Moliyaviy texnologiyalar va transchegaraviy pul oʻtkazmalari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va EIAS ekspertlari tomonidan muhokama qilindi.

Moliyaviy texnologiyalar va transchegaraviy pul oʻtkazmalari

Moliyaviy texnologiyalar va transchegaraviy pul oʻtkazmalari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va EIAS ekspertlari tomonidan muhokama qilindi.

2019 yil 25 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Osiyo tadqiqotlari boʻyicha Yevropa instituti (EIAS) direktori Aksel Goyetals va katta ekspert Alberto Turkstra bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: Osiyo tadqiqotlari boʻyicha Yevropa instituti Bryusselda joylashgan yetakchi ilmiy markaz hisoblanadi. Institut tadqiqotlari Osiyo va Yevropa oʻrtasidagi aloqalarni va oʻzaro tushunishni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan.

Uchrashuvning maqsadi mehnat muhojirlarining real daromadlarini oshiradigan muqobil xizmatlarni joriy etish masalalarini muhokama qilish va oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.

Belgiyalik ekspertning qayd etishicha, bugun koʻpchilik "Western Union" yoki "MoneyGram" kabi xizmatlardan keng foydalanmoqda. Ular xizmatlar uchun juda yuqori haq (taxminan: Jahon banki eʼlon qilgan maʼlumotlarga koʻra, 200 dollar joʻnatish uchun oʻrtacha qiymati 14 dollar) toʻlamoqdalar.

Yigʻilishda moliyaviy texnologiyalar xarajatlarni kamaytirishda muhim rol oʻynashi mumkinligi taʼkidlandi.

– Moliyaviy texnologiya va transchegaraviy pul oʻtkazmalari kelajagi eng yaxshi texnologiyalarni yaratadigan xizmatlarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Pul oʻtkazmalari yuqori tezlikda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar, xavfsizligi yuqori boʻlgan va past narxlardagi xarajatlar hal qiluvchi omil hisoblanadi ”,-dedi A.Goyetals.

Pul oʻtkazmalarining samaradorligini oshirish uchun Belgiya tomoni innovatsion mahsulotlar, raqamli texnologiyalar, shu jumladan tijorat banklarining texnologik afzalliklarini joriy etishni taklif qildi. Bundan tashqari, bozorning kelgusidagi rivojlanish yoʻnalishini va bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi yaqin hamkorlikni aniq belgilab beradigan meʼyoriy-huquqiy bazani yaratish juda muhimdir.

Uchrashuv yakunida tomonlar “fintech” yordamida xalqaro pul oʻtkazmalari xarajatlarini kamaytirish va infrastrukturani, xususan quyosh va shamol energiyasini moliyalashtirish uchun moliyaviy vositalarni, masalan, yashil obligatsiyalar (“Green” bonds), portfel investitsiyalarini ishlab chiqish boʻyicha qoʻshma ishlar olib borish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ