Birja savdolarida suyultirilgan gaz narxi pasaydi
2019 yil 18 - 24 noyabr kunlari "OʻzRTXB" AJ da oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlarni pasayishi kuzatildi.

2019 yil 18 - 24 noyabr kunlari "OʻzRTXB" AJ da oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlarni pasayishi kuzatildi.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida 3339,3 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qoʻyildi, va shundan 2793,5 tonnasi sotildi. Soʻnggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini boʻyicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan biroz pasaydi va bir tonnasi uchun 6223,7 ming soʻmni tashkil etdi.
Oltinning narxi kichik oʻsishni koʻrsatmoqda, soʻnggi savdo haftasida shakllangan birja kotirovkasi 0,1% ga koʻpayib, 1 gr oltin uchun 446,4 ming soʻmni tashkil etdi. Haftalik savdo natijalariga koʻra OʻzRTXB da 983,0 mln soʻmlik 2200 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnashdi.
Oʻtgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 12,5 mlrd soʻmlik 4548,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 5,1% ga pasayib, bir tonna uchun 2753,2 ming soʻmni tashkil etdi.
Qora metall bozorida narxlar pasayib bormoqda. Xususan, ST 12-35 GS armaturaning narxi 1,1% ga pasayib, bir tonnasi uchun 5629,9 ming soʻmni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 6,2 ming tonnani tashkil qilgan.
Sement bozori ham narxlar tushishini koʻrsatmoqda. PS M-400 D-20 sement boʻyicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 4,4% ga pasayib, 532,0 ming soʻmni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0-750,0 ming soʻmni tashkil etmoqda.
Birjada paxta tolasi narxlari pasayishi kuzatildi. Oʻtgan hafta 1 nav 4 tip (oliy klass)dagi paxta tolasi boʻyicha narxlar 1,1% ga pasayib, bir tonna uchun 14,8 mln soʻmni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari oʻrtacha 7,3 mln soʻmdan 13,0 mln soʻmgacha boʻldi.
Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan I-0760 polietilenning bir tonna uchun narxi 11,5 mln soʻmni tashkil etib, 2,7% ga pasaydi. Oʻtgan haftada jami 1,7 ming tonna polietilen sotilgan.
Oʻtgan haftada karbamidning narxi kshtarilgani kuzatildi, bir tonnasini narxi 0,3% ga kshpayib 1815,4 ming soʻmni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 32,3 ming tonna atrofida mineral oʻgʻitlar sotildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

