Asia Alliance Bank yapon shirkatiga sotiladi
Asia Alliance Bankʼning nazorat paketini Yaponiyaning Sawada Holdings shirkatiga sotish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident qaroriga tayanib, Spot nashri xabar bermoqda.

Asia Alliance Bankʼning nazorat paketini Yaponiyaning Sawada Holdings shirkatiga sotish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident qaroriga tayanib, Spot nashri xabar bermoqda.
Bu Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17-20 dekabr kunlari Yaponiyaga qilgan tashrifidan soʻng amalga oshirildi. Safar soʻngida qator shartnomalar imzolandi va investitsion loyiha rejasi ishlab chiqildi.
Bu borada 48 ta loyiha prezident qarori bilan tasdiqlandi. Ular orasida AABʼni Yaponiyaning Sawada Holdings shirkatiga sotish ham bor.
Bitim qiymati $32 million (Markaziy Bankning joriy kursi boʻyicha 304.3 mlrd soʻm)ga baholanmoqda. Kerakli hujjatlarni tayyorlash aprelga, savdoning oʻzi esa mayga moʻljallangan. Bunga javobgar shaxs qilib Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Sunnatulla Bekenov tayinlangan.
Asia Alliance Bank 2009 yilda tashkil etilgan. 2018 yilda aktivlari davlat hisobiga oʻtkazilgan. 2019 yil aprel oyida bankning 25 foizini xorijiy investorlarga sotish tasdiqlandi. Yana 10 foizini IPO orqali sotish rejalashtirilgan.
Sawada Holdings Co. Ltd. - 1958 yilda tashkil etilgan moliyaviy korporatsiya. U qimmatli qogʻozlar bozorida ishlaydi, bank va boshqa moliyaviy faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
Shirkat Markaziy Osiyo bozori uchun begona emas. 2017 yilda u Qirgʻizistonning “Qirgʻizkommersbank”dagi ulushini 52,9%ga oshirgan. Bundan tashqari u Moʻgʻulistonning eng yirik "Xon banki" nazorat paketiga va Rossiyadagi "Solid banki"ning katta ulushiga egalik qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

