| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi56 marta oʻqildi

Apellyasiya kengashining tarkibi 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi

Apellyasiya kengashi unda koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy tusga ega boʻlgan xulosa qabul qiladi.

Apellyasiya kengashining tarkibi 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi

17 iyun kuni “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Apellyasiya kengashining tarkibi tegishli davlat organi rahbarining qarori bilan 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi.

Nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyasiya kengashlari tashkil etiladi

Apellyasiya kengashi 7 nafardan 11 nafargacha aʼzolardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin.

Apellyasiya kengashi unda koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy tusga ega boʻlgan xulosa qabul qiladi.

Apellyasiya kengashi tomonidan qabul qilingan xulosa 3 kun muddatda davlat organi rahbariga koʻrib chiqish uchun, boshqa manfaatdor taraflarga maʼlumot uchun yuboriladi.

Apellyasiya kengashining xulosasini qabul qilib olgan davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosari uni inobatga olishi yoki yozma asoslantirilgan tarzda rad etishi mumkin.

Bunda, davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosari qabul qilingan qaror toʻgʻrisida 3 kun muddatda Apellyasiya kengashi va taraflarni yozma yoki elektron tarzda xabardor qiladi.

Qaror bilan Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyasiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ