| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi1 457 marta oʻqildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2020 yilga moʻljallangan asosiy vazifalari belilandi

Sogʻlom raqobat muhitini yanada yaxshilash hamda biznesni yuritish uchun teng imkoniyatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan monopoliyaga qarshi samarali siyosatni amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi №PF-5877-sonli “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritish uchun quyidagi takliflar tayyorlangan:

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2020 yilga moʻljallangan asosiy vazifalari belilandi

Sogʻlom raqobat muhitini yanada yaxshilash hamda biznesni yuritish uchun teng imkoniyatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan monopoliyaga qarshi samarali siyosatni amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi №PF-5877-sonli “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritish uchun quyidagi takliflar tayyorlangan:

  • tadbirkorlik subʼyektlarini va umuman xususiy mulkning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, butun huquq tizimining rolini oshirish, shaffofligini taʼminlash va ish sifatini yanada yaxshilash yordamida amaldagi qonunlarga soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • oʻzaro raqobatlashuvchi tovar va moliya bozorlarida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini qisqartirish va raqobatlashuvchi bozorlarda davlat korxonalarini tuzishga taqiq qoʻyish;

  • davlat organlari (transport, togʻ-kon, energetika va boshqalar) tomonidan iqtisodiy funksiyalar amalga oshiriladigan tabiiy monopoliyalarning ikkilamchi funksiyalarini taʼminlashga xususiy sektorni jalb etish;

  • tanlov asosida, shu jumladan DXSh (davlat-xususiy sheriklik) mexanizmini qoʻllash yordamida elektr va gaz taʼminoti sektoriga xususiy investorlar va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish va ularga qulayliklar yaratish;

  • temir yoʻl va havo transporti xizmatlari bozoriga ishtirokchilarning kirishini ochish va xususiy operatorlar sonini koʻpaytirish orqali raqobat muhitini shakllantirish, tarif va narxlarni MDH davlatlari va asosiy tashqi savdo va turistik yoʻnalishlar hududidan oʻtuvchi boshqa davlatlardagi tarif va narxlardan oshmaydigan darajagacha pasaytirish, xususiy temir yoʻl va havo transporti bozorini tasdiqlash;

  • monopol korxonalar va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va monopol mahsulotni realizatsiya qilish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish shaffofligini taʼminlash tartibini joriy etish yordamida, monopol korxonalar va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar mahsulotlari narxlarini shakllantirish transparentligini taʼminlash;

  • amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini qaytadan tanqidiy koʻrib chiqish va imtiyoz va preferensiyalarni berish, faoliyat olib borishga eksklyuziv huquqlar berish, raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olishda monopoliyaga qarshi talablarni kiritish;

  • nohalol raqobat, suiisteʼmolchilik hamda mahalliy va import tovarlar narxlarini asossiz oshirish xolatlari oldini olish amaliyotini takomillashtirish;

  • davlat haridlari, tenderlarni amalga oshirishda va resurslarni (shu jumladan, yoqilgʻi-energetika va togʻ-kon sanoati) taqsimlashda ular oʻtkazilishining shaffofligini oshirish orqali bozor mexanizmlarini rivojlantirish.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ