| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi133 marta oʻqildi

AKT vazirligida yaponiyalik ekspert ish boshladi

Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida yaponiyalik mutaxassis Esuaki Yoshida ish boshladi, deya xabar qildi vazirlik axborot xizmati.

Esuaki Yoshida (1971 yil tugʻilgan) mehnat faoliyatini Yaponiya bankida boshlagan. Esuaki Yoshida turli yillarda Yaponiya xalqaro moliya markazi, tadqiqotlar va statistika departamenti, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)da qator masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Esuaki Yoshida bugungi kunga qadar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki Kredit, baholash va xatarlarni boshqarish guruhi Mamlakatni kreditlash departamenti 3-boʻlim direktori va bosh iqtisodchisi vazifasida ishlagan.

Endilikda Yaponiyalik mutaxassis Axborot texnologiyalari korxonalarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish bilan shugʻullanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ