Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati yaqin yillarda oʻz quvvatlarini modernizatsiya qilish uchun 3 milliard dollar sarflaydi
Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati (OTMK) oʻz ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va xom-ashyo bazasini kengaytirish uchun yaqin yillarda 3 milliard dollarga teng mablagʻni yoʻnaltiriladi. Bu haqida korxona matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati (OTMK) oʻz ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va xom-ashyo bazasini kengaytirish uchun yaqin yillarda 3 milliard dollarga teng mablagʻni yoʻnaltiriladi. Bu haqida korxona matbuot-xizmati xabar qilmoqda.
“2023 yilga borib ruda ishlab chiqarish hajmini amaldagi 40 million tonnadan 100 million tonnagacha, katodli mis ishlab chiqarishni 106 ming tonnadan 250 ming tonnagacha, metalli ruhni 68 mingdan 120 ming tonnagacha, affinajli oltinni 14.6 tonnadan 30 tonnagacha, affinajli kumushni esa 98.6 tonnadan 215 tonnagacha yetkazish rejalashtirilgan” , - deb taʼkidladi bugungi matbuot anjumani davomida kombinat boshqaruv raisining oʻrinbosari Azim Mirzajonov.
Uning aytishicha, “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish borasida qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi, xususan yangi boyitish fabrikasining qurilishi natijasida respublikada rangli metallar ishlab chiqish quvvatini ikki barobar oshirish, oʻn minglab yangi ish oʻrinlarini yaratish imkoniyati paydo boʻladi.
Mirzajonovning soʻzlariga qaraganda: “Kombinat bugunda ham ishlab chiqarishni faol rivojlantirmoqda. Joriy yilning 8 oyi davomida tovar mahsulotlari hajmi 30.99 foizga, shu jumladan katodli mis ishlab chiqarish 24.1 foizga, metalli rux 22.6 foizga, affinajli oltin 6.7 foizga, affinajli kumush 68.9 foizga oshirildi. Umuman, eksport jami 56.8 foizga yuksaldi”.
Kombinatning eng yirik loyihalaridan biri – “Yoshlik-1” konini oʻzlashtiridir. Bu yerda 2021 yilda med rudasini ilk qazib olish amalga oshirish rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda mazkur kondan yilida 23 million tonna ruda olish belgilangan edi. Ammo, keyinchalik ishlab chiqarish quvvati 3 marotaba qayta koʻrib chiqildi. Ruda qazib olish hajmini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. 2023 yilda kondan yilida 65 million tonna, 2035 yilga borib esa yilida esa 74 million tonna ruda qazib olish koʻrsatkichlariga erishish koʻzda tutilmoqda. Shu munosabat bilan ishchilar soni ham oshadi. Kon oʻz quvvati bilan toʻliq ishlaganida 6 ming kishi doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlanadi.
Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati Oʻzbekistonda mis ishlab chiqarish boʻyicha yagona korxona sanaladi. Unda tozalangan mis, metalli ruh, molibden, qoʻrgʻoshinli konsentrat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Kombinatda respublika boʻyicha kumushning 90 foizi va oltinning 20 foizi ishlab chiqarilmoqda. 2018 yilning avgust oyida korxonaning davlat ulushi chet elning SFI Management Group kompaniyasiga ishonchli boshqaruv asosida topshirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

