OʻzAning asosiy vazifalari belgilandi
“Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4541-son, 02.12.2019 y.) qabul qilindi.

“Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4541-son, 02.12.2019 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA)ning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Jumladan, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy maʼlumotlarni izlash, olish, qayta ishlash hamda axborot, axborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlash va tarqatish OʻzAning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Qarorga muvofiq, OʻzA tarkibida Media markaz tashkil etildi.
Media markazning asosiy vazifalaridan biri axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va koʻrsatuvlar tayyorlash, ularni OʻzAning veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berishdan iborat.
Shuningdek, OʻzA huzurida uning faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish hamda davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha Maslahat kengashi tuzildi, uning asosiy vazifalari belgilandi.
Qarorga koʻra, 2020 yil 1 mayga qadar foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yoʻli bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud boʻlgan OʻzAning axborot portali ishga tushiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

