| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 735 marta oʻqildi

Davlat xizmatlari uchun navbatni masofadan bronlash mumkin

Davlat xizmatlari agentligi (DXA) tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda.

Davlat xizmatlari uchun navbatni masofadan bronlash mumkin

Davlat xizmatlari agentligi (DXA) tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakat boʻylab tegishli uskunalar oʻrnatilgan 110 ta Davlat xizmatlari markazida navbat uchun chipta olish mumkin. Biroq joyni faqat markazga tashrif buyuriladigan kunda bronlash mumkin. Yaʼni, navbat olish uchun shaxsan kelib infokioskda raqamli chipta olish lozim boʻladi.

2019 yil 1 noyabrdan “Oldindan navbatga yozilish” funksiyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, uning yordamida DXMga tashrif buyurish uchun mos keladigan kun va vaqtni oldindan tanlash mumkin.

Navbatda joyni bronlash uchun www.davxizmat.uz saytiga kirib, oʻzi joylashgan joyni belgilash yetarli. Tizim avtomatik tarzda yaqin joylashgan DXMni taklif qiladi. Shundan keyin yaqin orada joylashgan markazni tanlab, zarur xizmatni belgilash lozim, soʻngra raqamli navbat chiptasi shakllantiriladi (harf-raqamli kod).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ