Advokatlar himoyasi boʻyicha qonun hujjatlari paketini ishlab chiqiladi
Oʻta ogʻir jinoyatda ayblanayotgan shaxslar ishi boʻyicha advokat ishtiroki majburiy etib belgilandi.

Davlat tomonidan taqdim etilgan advokatlarni tanlashning ochiq-oshkora tartibi yoʻqligi bois ayrim tergovchilar oʻziga tanish advokatlarni chaqirib, ayblanuvchiga taʼsir oʻtkazish hollari uchrab turadi. Masalan, Toshkent shahrida davlat tomonidan advokatlarga oʻtgan yili 7 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilgan boʻlsa, ushbu mablagʻning teng yarmi 20 ta advokatlik firmasiga berilgan (jami 746 ta shunday firma mavjud).

“Advokatlik faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlanadi
Shu sababli tegishli vazirliklarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimini ishga tushirish topshirigʻi berildi. Bu dastlab poytaxtimizda eksperiment tariqasida joriy etiladi.
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 30 iyun kuni odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.
Shuningdek, oʻta ogʻir jinoyatda ayblanayotgan shaxslarning ishi boʻyicha, undan tashqari, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi koʻrib chiqilayotgan holatlarda ham advokat ishtirokini majburiy etib belgilab qoʻyish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Advokatlik faoliyati jozibadorligini oshirish, bu kasb egalarining himoyasi va kafolatini kuchaytirish boʻyicha qonun hujjatlari paketini ishlab chiqib, muhokamaga olib chiqiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

