| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi1 863 marta oʻqildi

Osiyo Taraqqiyot Banki Prezidenti T. Nakao bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yil 13 noyabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va Osiyo Taraqqiyot Banki Prezidenti T. Nakao oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtib, oʻzaro hamkorlikning bugungi kundagi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Osiyo Taraqqiyot Banki Prezidenti T. Nakao bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yil 13 noyabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va Osiyo Taraqqiyot Banki Prezidenti T. Nakao oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtib, oʻzaro hamkorlikning bugungi kundagi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqida vazirlikning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot chogʻida Osiyo mintaqasining rivojlanayotgan mamlakatlarini qoʻllab-quvvatlashda bankning roli, xususan Oʻzbekistondagi ishtirokining koʻlami taʼkidlandi – OTB yirik sanoat, infratuzilma va ijtimoiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi strategik hamkor boʻlib kelgan va boʻlib qolmoqda.

T. Nakao, oʻz navbatida, Oʻzbekistonning jadal oʻzgarish jarayonlari ham mamlakatni rivojlantirish, ham mintaqaning iqtisodiy sohasidagi mavqeini mustahkamlash uchun katta imkoniyatlarni ochib berishini taʼkidlab oʻtib, 2019-2023 yillarga moʻljallangan Mamlakat Hamkorlik strategiyasida mustahkamlangan hamkorlikni tizimlashtirishni olqishlashini maʼlum qildi.Shu bilan birga, u barqaror rivojlanishning majburiy omillari sifatida makroiqtisodiy barqarorlik, infratuzilma va malakali kadrlar mavjud boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda davlatning rolini kamaytirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida, davlat organlari faoliyatini takomillashtirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuqori baholandi – bu kabi amaliyot oʻzini Janubiy Osiyoning qator mamlakatlarida muvaffaqiyatli namoyon qilgan.

OTB prezidenti Oʻzbekiston bilan munosabatlarning uzoq muddatli istiqbollari haqida gapirar ekan, qoʻshimcha investitsiya resurslarini taqdim etish orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy oʻzgarishlarni kompleks qoʻllab-quvvatlash uchun oʻzaro manfaatlar doirasini davom ettirish va kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan birga, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻlgan qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, suv resurslarini boshqarish va moliya sektori bugungi kunda mavjud salohiyatni qamrab olmasligi taʼkidlab oʻtilib, shu sababdan, yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklifi bildirildi.

Joriy yil yakuniga qadar maqqullanishi kutilayotgan va qiymati 500 million dollarga teng boʻlgan iqtisodiy tartibga solish va ipoteka krediti bozorini rivojlantirish sohasidagi loyihalardan tashqari, kelgusida loyihalar portfelni yanada kengaytirish uchun yangi yoʻnalishlar alohida koʻrib chiqildi va hamkorlikning tasdiqlangan dasturlari doirasida amaliy choralar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida energetika sohasining investitsiya va sanoat salohiyati, sohada olib borilayotgan islohotlar hamda mazkur sektorni uzoq muddatli barqaror rivojlanishini taʼminlashga imkon beradigan energiya manbalarini diversifikatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni joriy etishni koʻzda tutuvchi amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ