| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi1 496 marta oʻqildi

1 sentyabrgacha mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash bekor qilindi

Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi.

1 sentyabrgacha mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash bekor qilindi

1 sentyabrgacha mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash bekor qilindi

Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra, 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabrigacha mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi:

  • kichik tadbirkorlik subʼyektlari;

  • bozorlar va savdo komplekslari;

  • kinoteatrlar;

  • umumiy ovqatlanish joylari;

  • jamoat transporti korxonalari;

  • sport-sogʻlomlashtirish muassasalari;

  • yoʻlovchi tashish, maishiy xizmat koʻrsatish, binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar.

Kichik tadbirkorlik subʼyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish koʻrinishida davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab‑quvvatlash taqdim etiladi:

  • Prezidentning PF-5969‑son va PF‑5978‑son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (boʻlib‑boʻlib toʻlash) berilgan, 2020 yil aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalari;

  • 2020 yil 15 may holatiga yer soligʻi va mol‑mulk soligʻi boʻyicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalar summalari.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ