Oʻzmilliybank va «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) 953 milliard soʻm miqdorida bitim imzoladi
2019 yilning 14 dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy banki «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) investitsiya kompaniyasi bilan kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada 953 milliard soʻm (100 million AQSh dollari ekvivalenti) miqdorida mablagʻ jalb qilish uchun kelishuv imzoladi.

Ushbu kelishuv rivojlanayotgan bozorlarda xalqaro moliya institutlari bilan koʻp yillik ish tajribasiga ega boʻlgan «Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ushbu mablagʻlar Oʻzmilliybank nomidan xalqaro kapital bozoriga kredit notalarini chiqarish orqali jalb qilindi, bu esa oʻz navbatida Oʻzmilliybankka jahon kapital bozoridagi ijobiy obroʻsini mustahkamlashga imkon beradi va xalqaro investorlarning qiziqishini uygʻotadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda