| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi540 marta oʻqildi

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rasmiy bayonoti

Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabar eʼlon qilindi.

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rasmiy bayonoti

Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabar eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni maʼlum qiladi:

Avvalo xabarda bir qancha noaniqliklar mavjud ekanligini, muallif taʼkidlagan mahalliy ishlab chiqaruvchi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq ekanligini taʼkidlab oʻtish joiz. Shunga qaramay, xabar soʻnggida keltirilgan “Afsuski, «Oʻzkimyosanoat» mutasaddilari bilan bogʻlanishni ham, fikrlarini olishni ham imkoni boʻlmadi” jumlasi sabab ushbu vaziyat jamiyatimiz tomonidan atroflicha oʻrganildi.

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Ammofos-Maksam” AJ ammafos ishlab chiqaruvchi va uni isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi yagona korxona hisoblanadi. “Navoiazot” AJ, “Fargonaazot” AJ, “Elektroximzavod” AJ va sobik “Qoʻqon superfosfat zavodi” AJlarida oddiy superfosfat ishlab chikariladi.

“Ammofos-Maksam” AJ tomonidan 2019 yilning yanvar oyidan boshlab hozirgi kunga qadar jami 97 959 tonna fizik xolda, 44 829 tonna sof holda ammofos ishlab chiqarildi. Korxona ammofos mahsulotini Ts 00203074-9-2018 talablari asosida ishlab chiqaradi. Ammofos tarkibidagi fosfor oksidi miqdori 46±1%, azot miqdori esa 11±1% ni tashkil etadi.

2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida Birja savdolari orqali 75 262 tonna fizik holda ammofos qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yetkazib berilgan boʻlsa, 7 528 tonna fizik holda ammofos eksport qilindi.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati doimiy ravishda, texnik nazorat boʻlimi va akkreditatsiyalangan ilmiy tadqiqot kimyo-texnologiyasi laboratoriyasi tomonidan nazorat qilinib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi xabarda havola qilingan, tarkibida 6% fosfori boʻlgan ammofos oʻgʻiti korxona tomonidan hech qachon ishlab chiqarilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan va qishloq xoʻjaligiga ortilayotgan har bir mineral oʻgʻit sifati qattiq nazorat ostida ekanligini alohida taʼkidlab oʻtish lozim.

Quyidagi javdalda “Ammofos-Maksam” AJda ishlab chiqarilayotgan ammofos hamda Qozogʻiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan ammofos tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilgan:

Koʻrsatkich nomi

“Ammofos-Maksam” AJ da ishlab chiqarilayotgan ammofos

Qozogʻiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan ammofos

Oʻzlashtiriladigan fosfatlar massa ulushi, %

46±1

46±1

Suvda eruvchan fosfatlarning massa ulushi, %

42,3

33,9

Al2O3 va Fe2O3larning massa ulushi, %

1,2

3,8

F ning massa ulushi, % dan koʻp boʻlmagan

1,4

2,8

MgO ning massa ulushi, % dan koʻp boʻlmagan

0,4

1,9

2019 yilda korxona faoliyati davomida mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilari hamda xorijiy xamkorlar (mijozlar) tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifati boʻyicha daʼvo va eʼtirozlar kelib tushmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, xabarda keltirilgan hamda tekshirilmagan baʼzi maʼlumotlarga oydinlik kiritishni lozim deb hisoblaymiz. Yaʼni xabarda “Afsuski, «Oʻzkimyosanoat» mutasaddilari bilan bogʻlanishni ham, fikrlarini olishni ham imkoni boʻlmadi” deb taʼkidlangan. Oʻrganish natijasida “Ammofos-Maksam” AJga yoki “Oʻzkimesanoat” AJga bu masala yuzasidan hech qanday yozma va ogʻzaki murojaat boʻlmagan. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida “Ishonch telefoni” xizmati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tashkilot oʻzining rasmiy veb-saytiga, facebookda oʻzining rasmiy sahifasiga hamda telegramm ijtimoiy tarmogʻida esa oʻz rasmiy kanaliga ega.

Yuqorida sanab oʻtilgan birorta vosita orqali fermerdan, jismoniy va yuridik shaxslardan xabarda keltirilgan masala yuzasidan hech qanday murojaat boʻlmagan. Shuningdek, ammofos tarkibidagi fosfor miqdorini 6 foiz ekanligini tasdiqlovchi ikkita joyda oʻtkazilgan laboratoriya tekshiruvining natijalari mavjud ekanligi taʼkidlangan lekin havola etilmagan. Bundan koʻrinib turibdiki, asoslanmagan va tekshirilmagan fikr xolis fikr boʻla olmaydi.

Buni tasdiqlash uchun respublika boʻylab sentyabr va oktyabr oylarida barcha viloyat tumanlariga ortilgan 50 000 tonnadan ortik (fizik holda) ammafosni xolis laboratoriyalar va fermerlarni jalb qilgan holda tekshirishga “Oʻzkimyosanoat” AJ tayyor ekanligini bildirib oʻtmoqchimiz.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatish hamda ushbu maʼlumot orqali shaxs yoki tashkilotning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putir yetkazganlik uchun javobgarlikka tortilish belgilangan.

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ishonch telefoni: (78) 140-74-14.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ