| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi727 marta oʻqildi

“Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi rasmiy munosabati: Oʻzbekiston Qirgʻizistonga meva-sabzavotlarni eksport qilishda davom etadi

Internet tarmogʻida joriy yilning 14 noyabr kuni tarqalgan xabarlarga koʻra, Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirilishiga Qirgʻiziston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi tomonidan taqiq qoʻyilishi bildirilgan.

“Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi rasmiy munosabati: Oʻzbekiston Qirgʻizistonga meva-sabzavotlarni eksport qilishda davom etadi

Internet tarmogʻida joriy yilning 14 noyabr kuni tarqalgan xabarlarga koʻra, Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirilishiga Qirgʻiziston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi tomonidan taqiq qoʻyilishi bildirilgan. Xabarlarga qaraganda, bunga sabab sifatida Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga olib kirilayotgan anor mahsulotida Sharq mevaxoʻri – “Grapholita Molesta” hasharoti aniqlanganligi taʼkidlangan. Ayrim axborot manbalarida mazkur hasharot “virus” sifatida nomlanib, notoʻgʻri maʼlumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, “Doʻstlik” chegara nazorat punktida joriy yilning 12 noyabr kuni Oʻzbekistondan 35 tonna nok, behi, noʻxat va ziravor mahsulotlar fitosanitar sertifikatsiz va maxsus etiketkalarsiz yuklanganligi bois toʻxtatib qolingani maʼlum qilingan. Ushbu xabarlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan quyidagilar maʼlum qilinadi. Avvalambor, “Doʻstlik” chegara nazorati punktidan oʻzbek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinishi davom ettirilayotganligi va hech qanday yukning orqaga qaytarilish holatlari qayd etilmaganliginialohida taʼkidlaymiz. Hozirgi kunda, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston karantin xizmatlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari 2019 yil 1 avgustda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi hukumati oʻrtasida oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik Bitimi” asosida amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotga koʻra, mahsulotda zararli karantin organizmlar aniqlanganda, Xalqaro sanitariya va fitosanitariya choralari talablaridan kelib chiqib, import qiluvchi davlatning karantin xizmati fitosanitariya talablari buzilgani yuzasidan mahsulotni eksport qilgan davlatga notifikatsiya (bildirishnoma) yuborishi lozim. Biroq, shu kunga qadar hech bir holat yuzasidan Qirgʻiziston karantin xizmati tomonidan asoslantirilgan rasmiy notifikatsiyalar (bildirishnomalar) kelib tushmagan. Taʼkidlash joizki, joriy yilning 15 noyabr kuni “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasiga Qirgʻiziston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligidan Oʻzbekistondan eksport qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 356 ta holatda fitosanitar sertifikatlarsiz olib kirishga urinish sodir etilgani, bunday xatti-harakatlarning 10 foizida mahsulotlarda zararli organizmlar aniqlanganligi haqida xat kelib tushgan. Xatda, shuningdek, bu kabi holatlarga qarshi birgalikda kurashilishiga va ikki davlat karantin xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlik yanada kuchaytirilishiga umid bildirilgan. Oʻz navbatida, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi mazkur masala yuzasidan javob xati yoʻllagan boʻlib, unda Inspeksiya yuqoridagi kabi holatlarga qarshi hamkorlikda kurashishga tayyor ekanligi qayd etilgan hamda qirgʻiz tomonidan koʻrsatilgan holatlar yuzasidan asoslangan dalillar va maʼlumotlar tezkorlikda yuborilishi soʻralgan. Qirgʻiz tomonidan javob xatlari olinishi bilanoq, Inspeksiya bu haqda jamoatchilikni xabardor qiladi. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ