| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi203 marta oʻqildi

«Oʻzbekneftgaz» va Janubiy Koreya kompaniyasi laboratoriya tashkil etdi

Janubiy Koreya kompaniyasi birlan hamkorlikda neft-gaz sohasida quvurlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekistonda yagona laboratoriya tashkil etildi.

«Oʻzbekneftgaz» va Janubiy Koreya kompaniyasi laboratoriya tashkil etdi

«Oʻzbekneftgaz» kompaniyasi tarkibidagi «OʻzLITIneftgaz» loyiha kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning Daesan NDE va Samyoung Material Inspection Technology kompaniyalari Oʻzbekiston neft-gaz sohasida qvurlardagi nuqsonlarni aniqlashga imkon beruvchi nazorat laboratoriyasi tashkil etildi, deya xabar qildi «Oʻzbekneftgaz» matbuot xizmati.

«Oʻzbekneftgaz» maʼlumotlariga koʻra, respublikada yagona boʻlgan mazkur tajribaxonani tashkil qilishdan maqsad — neft va gaz tarmogʻidagi quvurlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning yuqori sifatini taʼminlash va yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Shuningdek, laboratoriyada texnologik tizimlardan foydalanish jarayonini samarali nazorat qilish va izdan chiqish holatlarining oldini olishga qaratilgan oxirgi ishlanmalar boʻyicha oʻzbek mutaxassislariga saboq beriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ