Oʻzbekistonda soliq tushumlari taqsimlandi
“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qaroriga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qaroriga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:
Byudjet tashkilotlari boʻyicha:
byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga – 99,2 foiz;
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga – 0,4 foiz;
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 0,4 foiz;
Boshqa toʻlovchilar boʻyicha:
byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga – 98,4 foiz;
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga – 0,8 foiz;
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 0,8 foiz.
Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun:
– foyda soligʻi stavkalari belgilandi;
– yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi oltin, palladiy va kumush uchun 20 foiz va mis boʻyicha 15 foiz miqdorida belgilandi.
Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan OTMlarga qonunchilikda OTMlar uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllaniladi va 2020 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliqning 12 foizlik stavkasi tatbiq etiladi.
Qaror bilan, shuningdek, foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati tasdiqlandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

