Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda “compliance control“ tizimi joriy etiladi
Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda “compliance control“ tizimini joriy etish boʻyicha ishlar boshlandi.

Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda “compliance control“ tizimini joriy etish boʻyicha ishlar boshlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi hisoblangan Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan yangi loyiha Italiyaning KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Hozirda “Oʻzkimyosanoat” va “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilgan ushbu tizim korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan. Xalqaro ekspertlarning faol qoʻllab-quvvatlashi bilan amalga oshirilayotgan yangi loyiha mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar va amaliyotlarni samarali joriy etishga imkon beradi. Shuningdek, jamiyatlar faoliyatining shaffofligi, korporativ boshqaruv darajasi va investitsiyaviy jozibadorligi oshishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, yangi loyihani mazkur jamiyatlarda qoʻllash orqali toʻplangan tajribadan boshqa ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar korrupsiyaga qarshi kurashning umumiy yoʻnalishini shakllantirish uchun foydalanishi mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

