| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi528 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan xalqaro standart BMT tomonidan tasdiqlandi

BMT Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasining 2019 yil 20 noyabrdagi yigʻilishida ilk bor Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standart qabul qilindi.

Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan xalqaro standart BMT tomonidan tasdiqlandi

BMT Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasining 2019 yil 20 noyabrdagi yigʻilishida ilk bor Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standart qabul qilindi. Quritilgan qovun mahsulotiga sifat talablarini belgilovchi ushbu standart “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi, mahalliy korxonalar mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar koʻmagida ishlab chiqildi. Amaliyotda sinovdan oʻtkazilgan standart BMTning Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasida ijobiy baholandi, xalqaro maydonda, jumladan komissiya tarkibidagi AQSh, Germaniya, Turkiya, Eron, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Standart meʼyorlari quritilgan qovun mahsulotiga qoʻyilgan asosiy sifat talablarini, yoʻl qoʻyiladigan nuqsonlarni, sinflanishi, tamgʻalash, qadoqlanishi boʻyicha aniq talablarni belgilab beradi. Quritilgan qovun standartini xalqaro kengash tomonidan qabul qilinishi mahsulot eksport geografiyasini kengaytirishga, yangi jozibador eksportbop mahsulotlar ishlab chiqishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar daromadlarini oshirishga va yangi ish joylarini yaratilishda ahamiyatlidir.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ