| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi463 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda HUMO terminallari Mastercard kartalarini qabul qilishni boshladi

Mastercard karta egalari butun mamlakat boʻylab oʻrnatilgan 170 mingdan ortiq terminallar orqali toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Oʻzbekistonda HUMO terminallari Mastercard kartalarini qabul qilishni boshladi

Mastercard karta egalari butun mamlakat boʻylab oʻrnatilgan 170 mingdan ortiq terminallar orqali toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Endi Mastercard karta egalari butun mamlakat boʻylab tovar va xizmatlar uchun haqni HUMO kartalariga xizmat koʻrsatadigan terminallar orqali toʻlashlari mumkin. Bu haqda Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) xabar qildi.

“Biz uchun mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun yanada kengroq qulayliklar yaratishga koʻmaklashadigan xalqaro toʻlov tizimlari bilan hamkorlikda bu juda muhim qadam. Shuni qayd qilishni istardikki, bulutli yangilanish tufayli funksionalni ishga tushirish uchun bankka borib oʻtirishning hojati yoʻq: HUMO terminallari Mastercard toʻlovlarini qabul qilish uchun tayyor”, – deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Hozirgi vaqtga kelib Mastercard kartalari egalari butun Oʻzbekiston boʻylab joylashgan 170 mingdan ortiq terminal orqali tovar va xizmatlar haqini kontaktsiz toʻlashlari mumkin.

Mastercard᾽ning Gruziya va Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori Igor Stepanov ushbu yangilik Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga koʻmak beradi, shuningdek mamlakat iqtisodiyotini yanada ochiq va harakatchan qiluvchi naqdsiz toʻlovlarning yanada jadalroq rivojlanishiga zamin yaratadi deb hisoblaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ