Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonni imzoladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi litsenziyasi asosida bukmekerlik faoliyatini yuritishga ruxsat berildi.
Farmonda tegishli vazirlik va idoralarga 2020 yil 1 iyunga qadar shaxslar tomonidan bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishni buzish, shuningdek, totalizator oʻynash, oʻyinga yoki uning natijasiga taʼsir oʻtkazish maqsadida kelishilgan oʻyinlar oʻtkazish, ularda ishtirok etish yuzasidan javobgarlikni belgilash boʻyicha Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirildi.
Shuningdek, bukmekerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼyektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan, futbolni rivojlantirish uchun yoʻnaltirish belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

