Oʻzbekistonda asal isteʼmoli aholi jon boshiga qanchaga toʻgʻri kelishi maʼlum qilindi
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Oʻzbekistonda asalari oilalarining eksporti 245 ming donaga yetkazildi.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Oʻzbekistonda asalari oilalarining eksporti 245 ming donaga yetkazildi.
«Oʻzekspomarkaz»da Xalqaro press klub tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi sessiyada maʼlum qilinishicha, asalarilarning zotini yaxshilash borasida Ukrainadan 2 ming 450 ta «karpat», Germaniyadan 125 ta «karnika» zotli naslli ona-arilar keltirildi. Ilmiy maqsadlar uchun esa Germaniyadan mahalliy sharoitga moslashishni oʻrganish uchun 50 ta «bakfast» zotli onalar olib kelindi. Yil davomida 19 ming tonnadan ortiq asal yetishtirildi. Hozirda asal isteʼmoli aholi jon boshiga 0,56 kilogrammga toʻgʻri kelmoqda.
Tadbirda taʼkidlanishicha, oʻtgan 10 oy ichida asalarichilik subʼyektlari soni 14 ming 430 taga, asalari oilalari soni esa 816 mingtaga yetkazildi. 300 ming dollar miqdordagi asalarichilik sohasida ishlatiladigan zamonaviy uskuna va jihozlar, mumparda va mum mahsulotlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda import qilindi.
Matbuot anjumanida aytilishicha, Oʻzbekiston asalarichilar uyushmasi tashabbusi bilan 2,5 mingdan ziyod asalarichilar oilalari bahorgi-yozgi davrda Qirgʻiziston togʻlariga vaqtinchalik olib chiqilib, qoʻshimcha 120 tonna togʻ asali imtiyozli asosda respublikaga olib kirildi. Soʻnggi uch yil ichida mum va mumni qayta ishlash sexlari soni 5 tadan 12 tagacha koʻpaytirildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

