Oʻzbekiston va Rossiya 24 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda
Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida 2019-2024 yillarga moʻljallangan umumiy qiymati 25 mlrd. dollarga teng boʻlgan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishni tomonlar nazorat qilmoqda.

Oʻzbekiston va Rossiya 2019-2024 yillarga moʻljallangan 24 milliard dollarlik qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida 2019-2024-yillarga moʻljallangan umumiy qiymati 25 mlrd. AQSh dollariga teng boʻlgan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishni tomonlar nazorat qilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanganidek, strategik sherikchilikni mustahkamlashda oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. Uning hajmi soʻnggi ikki yilda 1,5 barobarga oshdi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida tovar aylanmasi 5,8 mlrd. dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mazkur davriga nisbatan 14,1%ga oshdi. Yil boshidan buyon 130 ta iqtisodiy delegatsiyalarning oʻzaro tashriflari tashkillashtirildi.
“Shu nuqtai nazardan ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston viloyatlari Rossiyaning 70 ta subektlari bilan samarali munosabatlar oʻrnatdi”, - deyiladi xabarda.
25 dekabr kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov boshchilik qildi. Rossiya Federatsiyasidan tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Andrey Rudenko boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Uchrashuvda 2017 yil aprel oyidagi Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga va 2018 yil oktyabr oyidagi Vladimir Putinning Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlarni bajarish jarayoni koʻrib chiqildi.
Maslahatlashuvlarda 2020 yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, Hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiya va Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning yigʻilishlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

