| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi469 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Rossiyaga eng yirik koʻkat yetkazib beruvchi mamlakatga aylandi

2019 yilda Oʻzbekiston ilk marotaba Rossiyaga eng yirik koʻkat yetkazib beruvchi mamlakatga aylandi. East fruit tahlilchilari maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning dastlabki 8 oyi mobaynida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 19% koʻproq mahsulot yetkazib berib, sotuv hajmini 12,9 ming tonnaga yetkazdi. Bu esa bozorning 40 % ulushi demakdir. Shu bilan bir qatorda oʻzbek koʻkatlari raqiblarinikidan arzonroq hisoblanadi.

Hisobot davrida Eron umumiy hisobda 11,2 mln. $lik mahsulot eksport qilgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 14%ga kam demakdir. Oʻzbekiston esa bu eksport bitimlaridan 9 mln. $ ishlab olgan.

Avvalgi yillarda bu bozorda Eron yetakchilik qilgan. Rossiyaga qoʻshni Gruziyaning ekporti 25% ga kamaygan va bozorga 1,8 ming tonna koʻkat yetkazib bergan.

Oʻzbekistonda mahalliy eksportyorlar fermerlardan koʻkatlarni kilogrammiga 30 sent (2840 soʻm)dan mahalliy valyutada sotib olmoqda. Agar yaxshi qaralsa, bir gektar yerdan 3000 – 9000 $ (28,4 mln. – 85,2 mln. soʻm) foyda olish mumkin.

Oʻzbekistonda Gruziyaga nisbatan ishchi kuchining arzonligi ham eksportyorlarimizning Rossiyada birinchi raqam egasiga aylanishlariga sabab boʻlgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ