Oʻzbekiston jahon oʻsimliklar himoyasi tizimining bir qismiga aylandi
Davlatimiz Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga qoʻshildi

Davlatimiz Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga qoʻshildi (23.12.2019 yildagi OʻRQ-596-son Qonunga qarang).
U 1951 yil 6 dekabrda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO) oltinchi Konferensiyasida qabul qilingan. Ushbu xalqaro hujjatning maqsadi kultivatsiya qilingan va yovvoyi holatda oʻsuvchi oʻsimliklarni introduksiya va zararli organizmlar tarqalishining oldini olish yoʻli bilan himoyalash hisoblanadi. Konvensiya missiyasi – ushbu maqsadlarda davlatlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, bioxilma-xillikni saqlab qolish va oʻsimliklardan tayyorlanadigan mahsulotlarning xalqaro savdosiga koʻmaklashish.
Konvension organlar tizimi Rimda (Italiya) joylashgan, oʻsimlik resurslari va savdo aloqalarini himoyalash sohasida davlatlar saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan holda ishtirokchilar oʻrtasida axborot almashinuviga koʻmaklashadigan Kotibiyatdan, shuningdek rahbarlik qiladigan Fitosanitariya tadbirlari boʻyicha komissiyasidan (ahdlashuvchi tomonlarning maslahat organi) iborat. Komissiya maslahat organi – 7 aʼzodan iborat Byuroga ega, u strategik kurs, hamkorlik, moliyaviy va operativ masalalar boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi. Mintaqaviy darajada va mamlakat ichkarisida Konvensiya siyosatini amalga oshiradigan oʻsimliklarni himoyalash boʻyicha mintaqaviy va milliy tashkilotlar faoliyat yuritadi.
Konvensiya doirasida fitosanitariya tadbirlari xalqaro standartlari (FTXS) qabul qilinadi, u invaziv zararli organizmlarni, shu jumladan oʻsimliklarga bilvosita zarar yetkazadigan yovvoyi oʻsimliklarni qamrab oladi. Zararli organizmlarning koʻchib yurishiga doir standartlar yer usti transporti, kemalar, samolyotlar, konteynerlar, saqlash joylari, tuproq, yogʻochli oʻramlar va saqlash uchun foydalaniladigan boshqa obʼyektlarni oʻz ichiga oladi. FTXS tovarlar va transport vositalarining xalqaro harakatlanishi bilan bogʻliq fitosanitariya xatarlarini boshqarishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olganligi sababli xavfsiz savdoga koʻmaklashadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

