Oʻzbekiston 4,4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
Statistika qoʻmitasi tashqi savdo boʻyicha 11 oylik statistikani eʼlon qildi.

Statistika qoʻmitasi tashqi savdo boʻyicha 11 oylik statistikani eʼlon qildi. Oʻzbekiston 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,8 baravarga oshirdi.
2019 yil yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 4,4 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,3 foizni tashkil etdi.
Taʼkidlab oʻtish joizki, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

