| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi91 marta oʻqildi

Zara va Bershka brendlari egasi butun dunyo boʻylab doʻkonlarini yopadi

Kiyim-kechak doʻkonlari tarmogʻi Zara va Bershka brendlariga egalik qiluvchi Inditex kompaniyasi aksariyat Osiyo va Yevropadagi doʻkonlarini yopishni rejalashtirmoqda. Oʻzgarishlar xodimlar soniga taʼsir qilmaydi. Yopilgan doʻkonlar xodimlariga boshqa ish taklif etiladi, misol uchun, ular onlayn-xaridlarga oʻtkaziladi.

Zara va Bershka brendlari egasi butun dunyo boʻylab doʻkonlarini yopadi

The Guardian nashrining xabar berishicha, ispan kompaniyasidagi bunday oʻzgarishlar koronavirus pandemiyasi vaqtida onlayn-savdolar oʻsgani bilan bogʻlangan. Qisqartirishlar Zara, Bershka, Pull & Bear va Massimo Dutti kabi brendlarning eskiroq doʻkonlarini qamrab oladi.

Kompaniya aksariyat Osiyo va Yevropadagi doʻkonlarini yopishni rejalashtirmoqda. Shundan keyin doʻkonlar soni 6700-6900 tagacha kamayadi. Shu bilan birga kompaniya 450 ta yangi doʻkon ochishni rejalashtirmoqda. Oʻzgarishlar xodimlar soniga taʼsir qilmaydi. Yopilgan doʻkonlar xodimlariga boshqa ish taklif etiladi, misol uchun, ular onlayn-xaridlarga oʻtkaziladi.

Kompaniyaning onlayn-savdolari chorak boʻyicha 50 foizga va aprelda 95 foizga oʻsdi. Biroq shunga qaramay, Inditex pandemiya vaqtida zarar koʻrdi. 1 fevraldan 30 aprelgacha kompaniya savdolari 44 foizga – 3,3 mlrd yevrogacha tushib ketdi. Riteylerning maʼlum qilishicha, chorak boʻyicha sof zarar 409 mln yevroni tashkil qilgan. Kompaniya doʻkonlarining chorak qismi 8 iyungacha yopiq qolgan. Milliarder Amansio Ortega kompaniyasi 2022 yilgacha onlayn-savdoni rivojlantirishga 1 mlrd yevro va doʻkonlar saytlar bilan yaxshiroq uygʻunlashishi uchun yana 1,7 mlrd yevro sarflashni rejalashtirmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ