Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
16 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri Ochilboy Ramatov yurtimizga tashrif buyurgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi.

16 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri Ochilboy Ramatov yurtimizga tashrif buyurgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Jahon banki oʻrtasidagi uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ushbu bank bilan hamkorlikda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.
Xususan, Jahon banki bilan hamkorlikda yurtimiz transport infratuzilmalari aeroportlar, avtomobil yoʻllari qurilishi va rekonstruksiya qilinishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga toʻhtalib oʻtildi.
Siril Myuller Jahon banki shu vaqtga qadar Oʻzbekistonda asosan avtomobil yoʻllari qurilishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy koʻmak koʻrsatib kelganini taʼkidlab oʻtdi. Va Jahon banki hozirda Oʻzbekistonda aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatov bugungi kunda Jahon banki ishtirokida yurtimizda 40 dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani qolaversa, fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirishda Jahon banki guruhi bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishini aytib oʻtdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

