| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi601 marta oʻqildi

Yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi

“Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida” Hukumat qarori (948-son, 25.11.2019 y.) qabul qilindi.

Yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi

“Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida” Hukumat qarori (948-son, 25.11.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bosqichma-bosqich:

  • Toshkent shahrida «Toshshahartransxizmat» AJ va «Toshkent metropoliteni» UKning ayrim yoʻnalishlarida koʻrsatilgan yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun — 2020 yil 1 yanvardan boshlab;

  • Nukus shahri va viloyat markazlarida yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun — 2020 yil 1 avgustdan boshlab;

  • respublikaning barcha hududida yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun — 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

Alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozli transport kartalarini shaxsiylashtirish va karta tannarxi boʻyicha sotish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Aholiga transport xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning avtomatlashtirilgan tizimga ulanishi yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish huquqini beruvchi tender (tanlov) boʻyicha bitimlarda aks ettiriladi.

Qarorga koʻra, avtomatlashtirilgan tizim uchun tariflarni belgilash tartibi ishlab chiqiladi.

Unda, bitta toʻlov bilan bir nechta transport yoki transport turidan foydalanish imkoniyati, yoʻnalishdagi vaqt hamda masofadan kelib chiqqan holda belgilanadigan tarif rejalarini joriy etish kabi masalalar nazarda tutiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ