| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi331 marta oʻqildi

Yoʻl sohasini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

“Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi

Yoʻl sohasini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

“Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

  • ogʻir va yirik gabaritli avtomobillarning vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, ularning avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi uchun yigʻim undirish va harakatlanishiga ruxsatnoma berish Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (Qoʻmita) tomonidan amalga oshiriladi;

  • yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto- va videoqayd etish texnik vositalari Qoʻmita bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi;

  • avtomobil yoʻllarining qatnov qismlariga uzunasiga joylashgan muhandislik kommunikatsiyalarining yangi tarmoqlarini loyihalashtirish va yotqizish taqiqlanadi, ularning avtomobil yoʻllari bilan koʻndalang kesishishi bundan mustasno.

Qarorga koʻra, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan yer uchastka va inshootlarida tashqi reklama obʼyektlari (konstruksiyalari) Qoʻmita ruxsati asosida quriladi.

Shuningdek, yoʻl boʻyida ajratilgan yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, savdo, servis obʼyektlari, tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa obʼyektlar Qoʻmita bilan kelishgan holda joylashtiriladi va quriladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 31 dekabrga qadar xorijiy yuk avtomobillarining respublika avtomobil yoʻllari boʻylab oʻtishi kilometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ