“Yashirin iqtisodiyot” ulushi qisqartiriladi
“Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish maqsadida “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Unga koʻra, iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi:
iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish;
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va markirovkalash;
iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish;
bank xizmatlarining ommabopligini oshirish;
“yashirin iqtisodiyot” subʼyektlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish;
tashqi savdoda “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish boʻyicha samarali tizimni joriy etish;
“yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish boʻyicha keng targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

