Yanvar-iyun oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 100,6 trln soʻmga yetdi
2020 yilning ikkinchi diskret choragi yakunlariga koʻra, koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 50,3 trln. soʻmni tashkil etmoqda.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 100,6 trln soʻmga yetdi. Uning nominal hajmi 11,1 trln soʻmga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

2020 yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning iyun oyida (diskret oy) koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4,0 trln. soʻmga oshdi va 20,3 trln. soʻmga yetdi.
2020 yilning ikkinchi diskret choragi yakunlariga koʻra, koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 50,3 trln. soʻmni tashkil etib, 2019 yilning ikkinchi diskret choragiga nisbatan (48,2 trln. soʻm) hajmi 2,1 trln. soʻmga oshdi.

Koʻrsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining oʻsishidagi asosiy omil, moliyaviy xizmatlar 35,9 foizga (koʻrsatilgan xizmatlar jami hajmining mutlaq oʻsishiga taʼsiri 4,1 foiz punkt), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 15,1 foizga (mutlaq oʻsishiga taʼsiri 0,5 foiz punkt), taʼlim sohasidagi xizmatlar 11,5 (mutlaq oʻsishiga taʼsiri 0,2 foiz punkt), savdo xizmatlari 0,8 foizga (mutlaq oʻsishiga taʼsiri 0,1 foiz punkt) oʻsishi hisoblanadi. 2020 yilning yanvar-iyun oylarida jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirma narxlardagi oʻsish surʼati 2,6 foizni tashkil etdi.

Koʻrsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining nisbatan pastligiga asosiy omil boʻlib transport xizmatlarining 9,1 foizga (ularning salbiy taʼsiri 1,2 punktga), yashash va ovqatlanish xizmatlari 17,1 foizga (-0,2 punktga), sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar 13,1 foizga, koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar 9,5 foizga, meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 8,0 foizga, ijara xizmatlari 6,2 foizga pasayishi 0,1 punktga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

