Yangi qurilgan uylarga kredit berishda bank kadastr hujjatini talab qilsa, shu holat toʻgʻrimi?
Markaziy matbuot xizmati fuqarolardan tushgan shunday savollarga atroflicha javob berdi.

Prezident qarori bilan yangi qurilgan uylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilmoqda. Qiziqib uy qidirdim, yangi qurilayotgan uylarni topdim. Keyin bankka bordim, bank hujjatlar toʻplamini berdi. Ularning orasida kadastr hujjatlari nusxasi ham bor edi. Tabiiyki, yangi qurilayotgan uy hujjati qanchadir muddatdan keyin, uy foydalanishga topshirilish arafasida tayyor boʻladi. Lekin bu hujjatsiz bank kredit ajratmasdan meni koʻp sarson qilyapti. Shu talab toʻgʻrimi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-sonli qaroriga asosan ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki kvartira garovga qoʻyilgan holda amalga oshiriladi.

Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qoʻyilmoqda?
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-sonli Farmoni hamda 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4701-sonli Qarori asosida ipoteka krediti orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi amal qilib kelmoqda.
Yangi tartibga asosan ipoteka kreditlari birlamchi bozorda tayyor holda topshirish sharti bilan hamda tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, amaldagi tartiblarga asosan ipoteka kreditlari hisobiga sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy hamda koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni kadastr hujjatlari mavjud boʻlishi talab etiladi.
Qurilish ishlari tugallanmagan yakka tartibdagi uy-joylar hamda koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar (kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan) tabiiyki, oʻrnatilgan davlat standartlaridan oʻtkazilmagan va bu oʻz navbatida, tijorat banklari faoliyati uchun riskli operatsiyalar sifatida koʻriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

