Yangi neft va gaz konlarini ochish borasida “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
Yuqori chuqurlikda joylashgan hamda yangi statigrafik qatlamlarni neftgazlilik istiqbolini aniqlash boʻyicha izlov – qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Yuqori chuqurlikda joylashgan hamda yangi statigrafik qatlamlarni neftgazlilik istiqbolini aniqlash boʻyicha izlov – qidiruv ishlari olib borilmoqda.
USTYuRT HUDUDIning markaziy qismida 3 – 4 ming metr chuqurlik oraligʻida joylashgan quyi yura qatlamlarni neftgazlilik istiqboli aniqlandi.
Arslon, Inom, Quyi Surgil, Beshqala, Kushkair, Araliq kabi gazkondensati konlarini ochishga erishildi.
Bugungi kunda Alpomish, Quyi Sharqiy Berdaq kabi maydonlarda izlov burgʻilash ishlari olib borilmoqda.
BUXORO-XIVA HUDUDIning janubi-gʻarbiy qismida 2200-2700 metr chuqurlik oraligʻida joylashgan oʻrta va quyi yura terrigen qatlamlarini neftgazlilik istiqboli aniqlandi.
Gʻarbiy Haqqul, Chekkakum, Toʻmaris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Shorqum kabi gazkondensati konlarini ochishga erishildi.
Bugungi kunda Sharqiy Xatar kabi maydonlarda izlov burgʻilash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, kam xarj talab qiladigan, kichik chuqurlikda joylashgan (1800 metrgacha) qatlamlarni neftgazlilik istiqbolini aniqlash boʻyicha izlov – qidiruv ishlari olib borilmoqda.
BUXORO-XIVA HUDUDIning markaziy qismida Istiqlol-25, Jayron, Doʻltatepa kabi gazkondensati konlarini ochishga erishildi.
Bugungi kunda Shon-Sharaf maydonida izlov burgʻilash ishlari olib borilmoqda.
FARGʻONA HUDUDIda Uchtepa va Chakar neftgazkondensat konlarini ochishga erishildi (1050-1250 metr). Bugungi kunda mazkur konlarda razvedka ishlari davom ettirilmoqda.
Bundan tashqari, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Fargʻona hududlarida paleozoy yotqiziqlarini va kam oʻrganilgan hududlarni (Xorazm, Oʻrta Sirdaryo, Markaziy Qizilqum, Zarafshon) neftgazlilik istiqbolini aniqlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.
"Oʻzbekneftgaz" AJ matbuot xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

