| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi2 312 marta oʻqildi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun toʻlovlar kamaytirilmoqda

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan summalari tasdiqlandi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun toʻlovlar kamaytirilmoqda

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan summalari tasdiqlandi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar koʻp yillar mobaynida qatʼiy belgilangan soliq toʻlab kelishdi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida bunday soliq boʻlmaydi – uni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS) almashtiradi. 100 mln soʻmgacha aylanmaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar, qonun loyihasida nazarda tutilganidek, tanlash huquqiga ega boʻladilar: uni belgilangan stavka boʻyicha yoki qatʼiy belgilangan summa bilan toʻlash.

Bunda 2020 yil uchun JShDSning qatʼiy belgilangan summalari YaTTning talay faoliyat turlari boʻyicha sezilarli pasaytirilgan. Masalan, Toshkent shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchilar 25% kam, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar – 37,5% kam, gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar – 2 baravar kam toʻlaydilar. Poytaxtda maishiy xizmatlar koʻrsatuvchi YaTT uchun JShDSning qatʼiy belgilangan summalari 28,6%ga kamayadi.

Umuman, 2020 yilga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDSning qatʼiy belgilangan summalari quyidagi koʻrinishga ega:

№

Faoliyat turi

Qatʼiy belgilangan bir oylik summa (soʻmda)

Toshkent sh.

Nukus shahar va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar

boshqa shaharlar

boshqa aholi punktlari

1

Chakana savdo:

oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan

750 000

600 000

300 000

200 000

dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan

250 000

150 000

100 000

50 000

gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan

250 000

150 000

100 000

50 000

2

Maishiy xizmatlar

250 000

150 000

100 000

50 000

3

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash

va sotish hamda milliy non, patir, popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron, goʻja, salatlar, tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

225 000

150 000

75 000

50 000

4

Bolalar oʻyin avtomatlari

225 000

150 000

100 000

50 000

5

Boshqa faoliyat turlari

225 000

150 000

100 000

50 000

6

Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari:

3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

150 000

3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

225 000

Bunda jismoniy shaxs:

a) bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullangan taqdirda, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliqning qatʼiy belgilangan summasini toʻlaydi;

b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;

v) davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, soliqning qatʼiy belgilangan summasini roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda toʻlaydi.

g) I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslar, faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼiy nazar, qatʼiy belgilangan summaning 50%ini, biroq BHMning 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ