Yaqin qarindoshlarga tegishli transport vositasini ishonchnomasiz boshqarish tartibi belgilandi
Notariat tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Notariat tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, transport vositasi egasining sugʻurta polisida koʻrsatilgan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasini notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz boshqarishiga ruxsat berildi.
Bunda transport vositasi egasining talabi bilan sugʻurta kompaniyalari tomonidan sugʻurta polisida qarindoshlik darajasi koʻrsatiladi.
Shuningdek, qaror bilan sugʻurta polisi blankasining yangilangan shakli tasdiqlandi.
Qaror bilan Yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, DYHXX organlari tomonidan sugʻurta polisida koʻrsatilgan yaqin qarindoshlardan transport vositasini boshqarishi haqida ishonchnoma hamda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

