Xususiy pudrat tashkilotlariga kafillik va kompensatsiya beriladi
Xususiy pudrat tashkilotlariga kafillik va kompensatsiya kvartiralar maydonining belgilangan meʼyorlarini inobatga olgan holda koʻp kvartirali uy-joylar qurilganda beriladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga yangi tartib doirasida shahar va qishloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toshkent shahrida 7 va undan yuqori qavatli koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha:

Ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdorlari oshirildi
kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan va summasi 20 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlanadi.
Bunda, kafillik va kompensatsiyalar Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish hamda Qurilish vazirliklari tomonidan kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda 2 xonali, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar maydonining belgilangan meʼyorlarini inobatga olgan holda koʻp kvartirali uy-joylar qurilganda beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

