Xorijdan transport vositalarini olib kirish uchun 1 avgustdan aksiz soligʻi olinmaydi
2020 yil 1 avgustdan boshlab yengil avtomobillar va boshqa transport vositalarini olib kirishda amalda boʻlgan aksiz soligʻi stavkalari bekor boʻladi.

“Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Iyul oyidan Volkswagen avtomobillari Oʻzbekiston bozorida ham sotiladi
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar boʻyicha transport vositalarini olib kirishda amalda boʻlgan aksiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari Prezidentning PQ-3818-son qarori bilan tasdiqlangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

