| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Xorazm viloyatida umumiy qiymati 2,2 trln soʻmlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

2021 yil 1 aprelga qadar 26 ta yirik investitsiya loyihalari bilan bir vaqtda viloyatning har bir tumanida qoʻshimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

Xorazm viloyatida umumiy qiymati 2,2 trln soʻmlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

“Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatida 2020–2022 yillarda umumiy qiymati 2,2 trln soʻmlik 84 ta investitsiya loyihalari, bundan tashqari umumiy qiymati 516,8 mln dollarlik 26 ta istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

2021 yil 1 aprelga qadar 26 ta yirik investitsiya loyihalari bilan bir vaqtda viloyatning har bir tumanida qoʻshimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining (EIZ) qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytiriladigan hududlar belgilandi.

Qarorga koʻra, EIZga Oʻzbekistonning tegishlicha xorijdagi diplomatik vakolatxonalari biriktirildi.

Biriktirilgan elchixonalar viloyat hokimligi bilan birgalikda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan EIZda yangi investitsiya loyihalarini joylashtiradi.

Xorazm viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Infratuzilma jamgʻarmasi tashkil etilib, uning mablagʻlari EIZning kengaytirilgan hududlarida infratuzilma qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab eksport qatnovlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri oʻrtasida eksport qiluvchilarga temir yoʻl yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ