| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi263 marta oʻqildi

Xitoyda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importi oshadi

21-25 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur muxtor oʻlkasi tijorat departamenti va Shinjon ishlab chiqarish-qurilish korpusi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.

Xitoyda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importi oshadi

21-25 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur muxtor oʻlkasi tijorat departamenti va Shinjon ishlab chiqarish-qurilish korpusi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi. Delegatsiya tarkibidan Shinjon-Uygʻur muxtor oʻlkasining savdo, moliya, konsalting, logistika, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kompaniyalari vakillari ham oʻrin oldi. Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “Oʻzagroesport” aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashib, Oʻzbekistondan Xitoyga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importini oshirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib bordi. Muzokaralar yakuni boʻyicha “Oʻzagroeksport” AJ va “Shitszindan” eksport-import savdo kompaniyasi, “Huahe International” biznes-konsalting kompaniyasi oʻrtasida savdo hamkorlik boʻyicha bayonnomalar imzolandi. “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ