“Xitoy - Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻl qurilishi loyihasi muhokama qilindi
“Xitoy - Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli ishga tushgach, Xitoyni eng qisqa yoʻli Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlaydi. Mavjud yoʻnalishlarga qaraganda masofa 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish muddati 7-8 kunga qisqaradi.

17 iyun kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov temir yoʻl sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan maxsus yigʻilish chogʻida mamlakatning transport sohasidagi eng yirik va strategik loyihalardan biri — «Xitoy - Qirgʻiziston – Oʻzbekiston» temir yoʻlining qurilishining muhimligini taʼkidladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Tashqi ishlar, transport va yoʻl vazirliklari, shuningdek, «Qirgʻiziston temir yoʻllari» kompaniyasi rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda temir yoʻl loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Xususan, Xitoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonni bogʻlaydigan temir yoʻl qurilishi loyihasi muhokama qilingan.
Qirgʻiziston rahbari uchrashuv ishtirokchilari eʼtiborini mamlakatning temir yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilishni jadallashtirish zarurligi va temir yoʻl transporti orqali yoʻlovchi hamda yuk tashish sohasida raqamli tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirishga qaratgan.
Mutaxassislarga koʻra, “Xitoy - Qirgʻiziston - Oʻzbekiston” temir yoʻli ishga tushgach, Xitoyni eng qisqa yoʻli Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlaydi. Mavjud yoʻnalishlarga qaraganda masofa 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish muddati 7-8 kunga qisqaradi. Ushbu loyiha istiqbollari yaqinda ishga tushgan “Qashgʻar – Irkishtom–Oʻsh–Andijon–Toshkent” avtomobil yoʻlagi orqali namoyon boʻlmoqda. Bu yoʻl Markaziy Osiyodan avtomobil transporti vositalarining Xitoyga tezroq kirishiga imkon berdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

