"Xalq banki" 15 foizli imtiyozli kredit olish boʻyicha 50 ta namunaviy biznes rejalarni taqdim etdi
"Xalq banki" 15 foizli imtiyozli kredit va tadbirkorlikning barcha yoʻnalishlari boʻyicha 50 ta namunaviy biznes rejasini taklif qildi. Siz "Xalq banki"dan Pul mablagʻi, Biznes reja va Professional maslahat olishingiz mumkin. Quyida batafsil maʼlumot bilan tanishing.

Oʻzbekiston "Xalq banki" kichik biznes loyihalari boʻyicha biznes-rejalarining 50 namunasini taklif etdi. Imtiyozli kreditlar 15 foiz bilan beriladi.
Biznes-rejalarda asbob-uskunalar va xom ashyo narxlarining hisob-kitobi, taxminiy unumdorlik koʻrsatkichlari, ishlab chiqarish xarajatlari, soliqlar va tushumlar mavjud. Maʼlumotlar oʻzbek tilida berilgan.
Oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4498-sonli qaroriga asosan quyidagi maqsadlar uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda:
hunarmandchilikni rivojlantirish;
ayollarni qoʻllab-quvvatlash va oilalarni mustahkamlash;
"Yoshlar - bizning kelajagimiz" dasturi;
dehqon va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini yaxshilash;
Har bir oila - bu tadbirkor dastur;
aholi bandligini taʼminlash.
Imtiyozli kreditlar boʻyicha biznes-rejalar quyidagi loyihalar uchun taqdim etiladi:
Ustaxona, quyonchilik, baliqchilik, chorvachilik, sartaroshxona, gʻisht, duradgorlik, asalarichilik, avtomoyka, oʻquv markazi, kanselyariya, stomatologiya, tikuvchilik, makaron, choyshab-matras, avto kovrik, issiqxona, qandolat, bosmaxona, sport markazi, hidli sham, goʻsht mahsulotlarini dudlash, goʻsht mahsulotlarini muzlatish , qogʻoz paketlar, tibbiyot niqoblari, poliyetilen baxila bosh kiyim qalpoq, bolalar tagligini ishlab chiqarish, sopol kafel plitka mahsulotlari, tashrif taklifnomalar, sovgʻalarni qadoqlash, yogʻoch oʻyinchoqlar, poyabzal, xrustal, kalit, un, pichoq, zardoʻzlik, kompyuter xizmati, sport kiyimlari, mevallarni qayta ishlash murabbo, plastik cherepitsalar, mineral salqin ichimliklar, temir eshiklar, sopol lagan likopcha, nam salfetka, parrandachilik, sutni mahsulotlarini qayta ishlash, charm sumka ryukzaklar va boshqalar.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

