| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi223 marta oʻqildi

Uzcardʼning banklarga 0,25 foizli komissiya belgilagani boʻyicha oʻrganish oʻtkaziladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Uzcardʼning banklarga 0,25 foizli komissiya belgilagani boʻyicha oʻrganish oʻtkazmoqchi ekanligini bildirgan.

Uzcardʼning banklarga 0,25 foizli komissiya belgilagani boʻyicha oʻrganish oʻtkaziladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bozorda ustun mavqega ega boʻlgan Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan tijorat banklaridan olinadigan omonatlar xizmati komissiyasini oʻrnatilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganadi.

Avval Yagona umumrespublika protsessing markazi Uzcardʼning 1 maydan boshlab onlayn omonatlar boʻyicha banklardan 0,25 foiz miqdorida toʻlov olishini maʼlum qilgani va bu haqda aksionerlik-tijorat banklariga tegishli xat yuborgani xabar qilingan.

Onlayn omonatlar va onlayn konversiya xizmatlarini ommalashtirish maqsadida ular boʻyicha toʻlovlarni 2018 yil 6 sentyabrdan bekor qilgandi. Keyinchalik ushbu choralar 2019 yil uchun ham uzaytirilgan, biroq endi kompaniya banklarning ushbu imtiyozlardan boshqa tijoriy maqsadlardan foydalanish holatlari uchragani tufayli komissiya narxini 0,25 foizga koʻtarib qoʻydi.

Uzcard 2-3 oy davomida tranzaksiyalarni oʻrgangan va banklarning davlat oldidagi soliq toʻlovlarini va komissiyalarni chetlab oʻtish holatlariga duch kelgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ