Uzcard javobgarlikka tortilishi mumkin
«Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

«Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ (Uzcard brendi ostida bank plastik kartochkalari emitatsiya qiladi) tomonidan banklardagi onlayn-omonatlar uchun yana toʻlov olishni boshlagani haqida xabar jamoatchilik orasida noroziliklarni keltirib chiqargan. Shundan soʻng Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bunday toʻlov olishning maqsadga muvofiqligini oʻrganishni boshladi.
Oʻrganilish jarayoni boshlanishidan qariyb ikki oy (54 kun) dan keyin qoʻmita ushbu masala yuzasidan axborot berdi.
“Bugungi kunga kelib «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJdan Qoʻmita tomonidan soʻralgan tegishli maʼlumotlar toʻliq berilmagani sababli, oʻrganish muddatini choʻzilishiga sabab boʻlmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ tomonidan soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xoʻjalik yurituvchi subʼyektning maʼmuriyati maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkinligini maʼlum qildi”, deyiladi xabarda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

