| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi264 marta oʻqildi

Oʻzbekistonga vizasiz rejim boʻyicha kelgan birinchi Xitoy fuqarosi kutib olindi

Urumchi-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilgan aviareysda Xitoydan vizasiz rejim boʻyicha kelgan ilk mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari tomonidan kutib olindi.

Oʻzbekistonga vizasiz rejim boʻyicha kelgan birinchi Xitoy fuqarosi kutib olindi

Urumchi-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilgan aviareysda Xitoydan vizasiz rejim boʻyicha kelgan ilk mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari tomonidan kutib olindi.

Qoʻmita xabarida aytilishicha, Oʻzbekiston chegarasidan vizasiz oʻtgan birinchi Xitoy fuqarosi Li Ji Lin Oʻzbekistonga investitsiya kiritish maqsadida respublikani yaqindan oʻrganish uchun tashrif buyurgan ekan.

“Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda barcha sohalarda katta oʻzgarishlar boʻlayotganini eshitib, mamlakatingizga biznes turizmi boʻyicha tashrif buyurdim, lekin bu darajada chiroyli kutib olishlarini kutmagan edim, ochigʻi. Oʻzbekiston haqida hozircha yetarlicha bilimga ega emasman, lekin tashrifim davomida koʻp narsalarni bilib olishga umid qilaman.

XXR fuqarolari uchun vizasiz rejimning yoʻlga qoʻyilishi xitoyliklarga juda katta imkoniyatlar yaratadi. Shaxsan men Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik kompaniya direktoriman. Shu sababli mamlakatingizni oʻrganib chiqib, unga katta investitsiya kiritishni rejalashtiryapman.

Bugungi kunda xitoyliklar dunyo boʻylab juda koʻp sayohat qilishadi - oʻtgan yili 120 million xitoylik dunyo boʻyicha sayohatga chiqqan. Vizasiz rejimning tatbiq qilingani, albatta, yaxshi yangilik boʻldi. Oʻylaymanki, bundan keyin Oʻzbekistonga koʻplab xitoyliklar kela boshlashadi”, - deydi Li Ji Lin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ