| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi182 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda yagona transport kartasi joriy etildi

NFC texnologiyali kontaktsiz toʻlov qilish mumkin boʻlgan bunday kartalarni keyinchalik butun Oʻzbekistonda ishga tushirilishi koʻzda tutilmoqda.

Oʻzbekistonda yagona transport kartasi joriy etildi

NFC texnologiyali kontaktsiz toʻlov qilish mumkin boʻlgan bunday kartalarni keyinchalik butun Oʻzbekistonda ishga tushirilishi koʻzda tutilmoqda.

Loyihani Transport vazirligi nazorati ostida ATTO kompaniyasi, UzCard va Aloqabank amalga oshirdi. Transport kartangizga pul tashlaysiz va undan soatbay, kunbay tariflari bilan shahar transportidan foydalanasiz. Ushbu kartalardan tez kunlarda metroda ham foydalanish mumkin boʻladi.

Toʻlov hozircha avtobus konduktorlariga beriladigan NFC kontaksiz terminallari orqali keyinchalik esa salonga oʻrnatiladigan maxsus platformalarda amalga oshiriladi. Bunda kartani shunchaki terminalga yaqinlashtirsangiz boʻldi. NFC tizimi avtomatik ravishda zarur mablagʻni kontaktsiz kartadan yechib oladi.

Loyiha qiymati 12 million dollarni tashkil qiladi. Bunda asosiy investor UzCard — 6 million dollar, Aloqabank — 3 million va Transport vazirligi — 3 million dollar mablagʻ ajratgan.

Loyihaning kirib kelishi Oʻzbekiston jamoat transporti tizimida sezilarli islohotlarga olib kelishi kutilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ