| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi202 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda 600 mln dollarlik shamol elektr stansiyasi quriladi

Dunyodagi eng yirik Mubadala investitsiya xoldingi (BAA) va uning boʻlinmasi boʻlgan Masdar kompaniyasi Oʻzbekiston energetika sektoriga investitsiyalar kiritmoqda.

Oʻzbekistonda 600 mln dollarlik shamol elektr stansiyasi quriladi

Dunyodagi eng yirik Mubadala investitsiya xoldingi (BAA) va uning boʻlinmasi boʻlgan Masdar kompaniyasi Oʻzbekiston energetika sektoriga investitsiyalar kiritmoqda.

Investitsiya va tashqi savdo vazirligida Masdar kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida 400 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi. Ushbu kelishuvga muvofiq, Masdar kompaniyasi shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni amalga oshiradi.

Qurilish uchun investitsiyalar hajmi 600 mln dollar miqdorida baholanmoqda, ishlarni 2020 yilning uchinchi choragida boshlab, obʼyektni 2022 yilda foydalanishga topshirish reja qilinmoqda.

Shuningdek, Mubadala kompaniyasi bilan «Tolimarjon IES» OAJ bazasida mavjud energobloklarni xususiylashtirish va yangilarini qurish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi. Kelishuv Tolimarjon energetika kompleksini xususiylashtirish, rivojlantirish, moliyalashtirish va ekspluatatsiya qilishning mexanizmlari va shartlarini belgilaydi. Amirlik tomonidan obʼyektning aksiyalarini sotib olish va xususiylashtirish jarayoni 2020 yilning uchinchi choragida reja qilingan.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Masdar kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish boʻyicha investitsiya kelishuvi imzolangan, oktyabr oyida Masdar kompaniyasi davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida muqobil energetika sohasiga investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston tarixida birinchi ochiq tender gʻolibi deb eʼlon qilingan edi.

Oʻzbekiston hukumati hamda Masdar va Mubadala kompaniyalari oʻrtasida respublikada elektr stansiyalari qurish borasida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuv 2019 yil mart oyida Oʻzbekiston prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ