UzAuto Motors yana bir yangi aksiyani yoʻlga qoʻydi
UzAuto Motors kompaniyasi Tracker va Malibu avtomobillarini uydan chiqmasdan foizsiz muddatli toʻlovga xarid qilishni taklif qilmoqda.

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu 1,5 hamda Tracker AT avtomobillarini muddatli toʻlov shartlari asosida uydan chiqmasdan onlayn rejimda xarid qilishni taklif qilmoqda.

UzAuto Motors: Oʻzbekistonda ilk bor avtokreditni onlayn tarzda uydan turib rasmiylashtiring
"Agar Sizda ushbu avtomobillarning 60 foiz summasini toʻlash imkoniyati mavjud boʻlsa, uning qolgan summasini 1,5 yil davomida foizsiz shartlarda boʻlib toʻlash imkoni bor.
Buning uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilish kifoya, ular sizga ushbu avtomobillarni uydan chiqmasdan turib rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etadi", deyiladi xabarda.
Kompaniya toʻlov amalga oshirilganidan soʻngavtomobilni dilerlar tomonidan xaridorning uyigacha yetkazishni taʼminlamoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

