| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi990 marta oʻqildi

UzAuto Motors: Qozogʻiston bozorida Chevrolet avtomobillari Hyundai, Lada, Toyota va KIA kabi brend avtomobillardan oʻzib ketdi

Oʻtgan oyda Qozogʻistonda jami 8 637 dona yengil avtomobil sotilgan boʻlib, ularning 2 430 tasi UzAuto Motorsda ishlab chiqarilgan.

UzAuto Motors: Qozogʻiston bozorida Chevrolet avtomobillari Hyundai, Lada, Toyota va KIA kabi brend avtomobillardan oʻzib ketdi

Qozogʻistonda oktyabrda sotilgan deyarli har uchta yangi avtomobilning biri UzAuto Motorsda ishlab chiqarilgan, deb xabar bermoqda “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati.

“Oʻtgan oyda Chevrolet oktyabrda eng koʻp sotilgan brendlar ichida birinchi oʻrinni egallagandi, shuningdek, UzAuto Motorsning ikki modeli – Nexia va Cobalt oyning eng koʻp sotilgan modellari reytingida ikkita eng yuqori oʻrinni egalladi.

Qozogʻiston bozorida Chevrolet avtomobillari Hyundai, Lada, Toyota va KIA kabi brend avtomobillardan oʻzib ketib, eng muvaffaqiyatli brendlar reytingida birinchi oʻrinni egalladi”, deyiladi xabarda.

Joriy yil yanvar oyida mahalliy avtoishlab chiqaruvchining bozordagi ulushi 12,5%ni tashkil qilgan boʻlsa, oktyabrda bu koʻrsatkich 28,1%ga yetdi.

Oʻtgan oyda Qozogʻistonda jami 8 637 dona yengil avtomobil sotilgan boʻlib, ularning 2 430 tasi UzAuto Motorsda ishlab chiqarilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ